Moskva shahrining Chapligin ko‘chasida joylashgan Latviya elchixonasi binosiga Hyundai Sonata avtomobili kelib urilgan. Bu haqda RIA Novosti xabar beradi.

Foto: lenta.ru

Foto: lenta.ru

Yarim tunda sodir bo‘lgan ushbu voqeada rulda uxlab qolgan haydovchi trotuar chetidagi ustunchalarni qulatib o‘tib, elchixona devoriga urilgan, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi bosh boshqarmasi mudofaa postiga ham qattiq zarar yetkazgan.

Halokat natijasida hech kim jarohatlanmagan. Haydovchining qanday jazo olganligi noma’lum.