Meksikalik milliarder Karlos Slim Shazam mobil dasturini rivojlantirish uchun 40 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratadi. Dastur foydalanuvchiga o‘zi izlayotgan musiqani uning parchasidan aniqlab, original tarona joylashtirilgan veb-manbaga link ko‘rsatadi.

Karlos Slim

Karlos Slim

Slim avvalari TV-biznes sohasi bo‘yicha mobil servislarini ishlab chiqish uchun investitsiya ajratmagan.

Reuters keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, Shazam televizion yo‘nalishni rivojlantirishdan tushgan mablag‘dan foydalanadi. Tez orada Shazam mobil dasturi yordamida foydalanuvchilar televizor orqali reklama qilinayotgan mahsulot va xizmatlar saytiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kira olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Slim America Movil deb nomlanuvchi  lotinamerika telekommunikatsiya imperiyasiga egalik qiladi. 2012-yilda u ketma-ket 4-marotaba Forbes jurnalida sayyoraning eng boy odami deya e’tirof etilgan. Uning moddiy holati o‘tgan yilga nisbatan 73 milliard AQSh dollariga oshgan. Shuningdek, uning New York Times gazetasida  ham o‘z hissasi mavjud. 73-yoshli Karlos Slim telekommunikatsiya borasidagi investitsiyalardan tashqari, turar-joy, tamaki biznesi, bank sektori va ko‘mir qazib olish sanoatiga ham faol hissa qo‘shib kelmoqda. Endi America Movil Shazamni lotinamerika bozorida reklama qiladi.

Manba: ITAR-TASS