Manxettendagi xitoylar yashovchi kvartal turar joylaridan birida portlash sodir bo‘ldi. Unda 12 nafar odam tan jarohati oldi, ularning ichida 4 nafar o‘t o‘chiruvchi ham bor, deya xabar berdi Lenta.ru.

Foto: lenta.ru

Foto: lenta.ru

3 nafar kishi og‘ir jarohatlangan. Yong‘in paytida o‘t o‘chiruvchilar odamlarni qutqarish uchun oynalarni sindirishiga to‘g‘ri keldi, deydi NBC.

Portlashning sababi aniqlanganicha yo‘q. O‘t o‘chirish bo‘limining taxmin qilishicha, u yerto‘ladagi gaz portlashi oqibatida sodir bo‘lgan. Yerto‘lada saqlanayotgan hasharotlarga qarshi vositalar yonib ketgan bo‘lishi mumkin.

Portlash mahalliy vaqt bilan 12:40 da boshlangan va birinchi qavatdan ikkinchisiga o‘tgan. Binoning birinchi qavatida do‘konlar va ofislar joylashgan.