Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 15-iyul kuni qarindoshlari davrasida nikoh marosimini o‘tkazdi, deya xabar berdi El Nacional nashri.

Foto: timesofmalta.com

Foto: timesofmalta.com

Maduro bilan ancha vaqtlardan buyon fuqarolik nikohida bo‘lgan Siliya Flores endi uning qonuniy rafiqasiga aylandi. “Bu harakatimiz bilan oilaviy munosabatlarni mustahkamlash bo‘yicha namuna ko‘rsatishga qaror qildik”, — dedi Maduro.

Flores va Maduro 1998-yilda mamlakatning avvalgi rahbari Ugo Chavesni hokimiyat tepasiga olib kelgan “Beshinchi respublika harakati” rahbariyati tarkibida bo‘lgan. 2006-yilda Nikolas Maduro parlament spikeri lavozimini tark etgach, Flores uning o‘rnini egallagan. 2011-yilda esa u mamlakat bosh prokurori lavozimini band etgan.

Nikolas Maduro 2013-yilning aprelida sobiq prezident Ugo Chaves vafotidan so‘ng Venesuela rahbariga aylandi. Ungacha Chavesning bosh vaziri sifatida faoliyat ko‘rsatgan.