Amerikaning sobiq maxsus xizmat xodimi Edvard Snouden 16-iyul kuni Rossiya Federatsiyasining Federal migratsiya xizmatidan rasmiy tarzda vaqtinchalik boshpana so‘radi, deya xabar beradi RIA Novosti.

Foto: maximumpc.com

Foto: maximumpc.com

“Snouden Sheremetyevo aeroportidagi tranzit hududini tark etolmasligi bois, u o‘sha yerning o‘zida barcha kerakli so‘rovnomalarni to‘ldirdi, ariza yozdi va uni Rossiya Federal migratsion xizmati xodimiga taqdim etdi”, – deydi Kucherina.

Advokatlar Reznik va Kucherina Edvard Snouden bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida shuni ma’lum qilishdiki, u 12-iyul kuni aeroportda bo‘lib o‘tgan matbuot  yig‘ilishida Rossiyadan vaqtinchalik boshpana olmoqchi ekanligini aytgan. Shu bilan birga, garchi keyinchalik Lotin Amerikasiga yetib olishni ko‘zlayotgan bo‘lsa-da, faqatgina Rossiyada o‘zining xavfsizligi ta’minlanganligini his etishini bildirdi. Ammo uning advokati so‘zlariga ko‘ra, Lotin Amerikasi bilan bog‘liq rejalar mavhum bo‘lib, bu masala yana ko’rib chiqiladi.

Sobiq maxsus xizmat xodimi Rossiyaning nufuzli davlat arboblari, advokatlari va huquq himoyachilaridan mamlakat rahbariyatiga ta’sir o‘tkazib, boshpanani imkon qadar tezroq olishiga ko‘mak berishlarini so‘radi.

Snoudenning arizasi ko‘rib chiqilishi 3 oyga cho‘zilishi mumkin. Bu vaqt ichida unga Rossiya Federatsiyasi hududida yashashi haqida ruxsatnoma beriladi, deya xabar berdi ITAR-TASS.

Agar uning ishi ijobiy natija bilan yakunlansa, unga 12 oyga vaqtinchalik boshpana va shu vaqt mobaynida Rossiya Federatsiyasida yashash huquqi beriladi. Ammo ruxsatnomani qo‘lga kiritgunga qadar oxirgi bir necha kunlarni aeroportning tranzit hududida yoki Rossiyada boshpana izlayotgan kishilar uchun vaqtinchalik turar joy markazida o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, Edvard Snouden Amerika hukumati tomonidan amerikalik va chet el fuqarolari ustidan olib borilgan maxfiy elektron kuzatuvlar haqidagi ma’lumotlarni keng ommaga tarqatganligi uchun qidirilmoqda. Amerika rahbariyatining ta’kidlashicha, u ushbu ma’lumotlarni matbuotga fosh etib, mamlakat xavfsizlik darajasiga yetarlicha ziyon yetkazgan. Snoudenning o‘zi bu borada, AQSH raqiblariga hech qanday ma’lumot yetkazmagani, shunchaki, ommaga Amerika hukumati juda ko’p sonli insonlarni kuzatib, ularning ruhiyati va konstitutsion huquqlarini poymol etayotganini oshkor etgan xolos.

U 23-iyunda Gonkongdan Sheremetyevo aeroportiga uchib kelgan va o‘shandan buyon aeroportning tranzit hududida istiqomat qilib kelmoqda. Amerika hukumati uning pasportini bekor qilganligi sababli, u bu yerdan chiqish yoki boshqa davlatga uchib ketish huquqiga ega emas.