Asaka avtomobillar ishlab chiqaruvchi zavodiga 1996-yil 19-iyulda asos solingan edi. Bugun u 17 yoshda, deya xabar berdi O‘zA.

Foto: kore-saram.ru

Foto: kore-saram.ru

Bugungi kunda GM Uzbekistan korxonasi Amerikaning mashhur Chevrolet brendi ostida Malibu, Captiva, Lacetti, Cobalt, Nexia, Spark, Matiz va Damas avtomobillarini ishlab chiqarmoqda.

O‘tgan yillar avtosanoatning faqatgina o‘sishi va taraqqiyoti uchun xizmat qildi.

Hozirda dunyoning yirik avtomobilsozlik kompaniyalari bilan hamkorlikda GM Uzbekistan, “SamAvto”, JV MAN Auto-Uzbekistan, General Motors Powertrain Uzbekistan kabi qo‘shma korxonalar yengil va yuk tashuvchi avtomobillar, avtobuslar, maxsus ixtisoslashgan mashinalar va avtomobillar uchun qo‘shimcha qismlarni ulkan miqdorda ishlab chiqarmoqda.

“Uzavtosanoat” aksionerlik kompaniyasi eksportning hajmi va geografiyasini yanada kengaytirish yuzasidan izlanishlar olib bormoqda. Hozirda MDH davlatlarida O‘zbekiston mashinasozligi bo‘yicha 250 dilerlar faoliyat yuritmoqda.

GM Powertrain Uzbekistan korxonasining tashkil etilishi mashinasozlik taraqqiyotida yangi bosqich bo‘ldi. Qo‘shma korxona sig‘imi 1,2 va 1,5 litr bo‘lgan yangi avlod dvigatellarini ishlab chiqarmoqda.