Yaponiya aholisi orasida kaftdagi chiziqlarni o‘zgartirish bo‘yicha operatsiya qildirish ommalashmoqda. Plastik jarrohlarning ta’kidlashicha, omad yoki baxtli turmush bilan bog‘liq bo‘lgan kaft chiziqlarini qo‘shish niyatidagi kishilar soni tobora ortib bormoqda.

Bunday jarrohlik amaliyotini o‘tkazish taxminan ming dollar turadi. Shifokorlar kaftdagi chiziqlarga elektron skalpel yordamida zarur bo‘lgan o‘zgartirishlarni qo‘shadi.

Foto: edo-tokyo.livejournal.com

Foto: edo-tokyo.livejournal.com

Вu kabi operatsiya o‘rtacha 10-15 daqiqa davom etadi. Ba’zan chiziqlarni “to‘g‘irlash” yoki “chizish”ga ham to‘g‘ri keladi. Qo‘llarning  butunlay bitib ketish jarayoni 25-30 kun vaqt oladi.

Erkaklar asosan, muvaffaqiyatli biznes, daromad va moliyaviy masalalarga bog‘liq chiziqlarga murojaat qilsa, ayollar esa kaftni turmush yoxud oila munosabatlarini anglatuvchi chiziqlar bilan boyitishni ma’qul ko‘rmoqda, deya  e’tirof etmoqda yaponiyalik shifokorlar. Odamlarning bunday g‘ayrioddiy ish tutishlariga nima sabab bo‘ldi ekan? Axir o‘z taqdirini bu yo‘l bilan o‘zgartirishga urinish telbalik ekanligini tushunisharmikan?

Manba: internovosti.ru