Red taxallusi ostida ijod qiluvchi malayziyalik rassom qiz suratlarni noodatiy tarzda chizadi.  U o‘zining so‘nggi asarlarini bir piyola qahva, basketbol to‘pi va kungaboqar pistasi yordamida yaratdi.

 Rassom Red (Xong Yi)

Rassom Red (Xong Yi)

Qahva dog‘lari yordamida chizilgan kartina tayvanlik aktyor va xonanda Jey Chouga bag‘ishlangan. Yulduzning “Secret” nomli sevgi haqidagi taronasi qahramonning aynan qahva ichib turganidan boshlanadi.

Qava dog‘lari

Qava dog‘lari yordamida surat chizish jarayoni

jay4-thumb-680x451-199980

jay1-thumb-680x256-199974

JAY_01a_72-thumb-600x892-199982

Navbatdagi asar esa xitoylik baland bo‘yli basketbolchi Yao Minga atab chizilgan. Red bu suratni qalam bilan emas, basketbol koptogi yordamida chizgan.

Basketbol to‘pi yordamida chizilgan surat

Basketbol to‘pi yordamida chizilgan surat

BLOG_DSC_0044-thumb-680x451-199986

Basketbol to‘pi yordamida chizilgan surat

Uchinchi asar Xitoy zamonaviy rassomi Veyveyga atalgan bo‘lib, uning portreti faqat pistalar bilan chizilgan.

AWW_BLOG_2-thumb-680x511-200008

AWW_BLOG_1-thumb-680x511-199994

BLOG_DSC_0058-thumb-680x451-199996

Pista yordamida yaratilgan xitoylik rassom portreti

Pista yordamida yaratilgan xitoylik rassom portreti

Asl ismi Xong Yi bo‘lgan bu rassom qiz Malayziyada tug‘ilgan. O‘smirlik davrini u asosan Avstraliyada o‘tkazib, arxitektura bo‘yicha tahsil olgan. Xong Yi hozirda Shanxayda istiqomat qiladi. U juda ham nafis asarlar yaratish bilan barchani hayratda qoldirmoqda. Redning o‘ziga xos uslubi shundan iboratki, u asar yaratish chog‘ida mo‘yqalam emas, balki noodatiy vositalardan foydalanadi. Masalan, gullar yoxud sham yordamida asar yaratish ham Red uchun qiyin ish emas. Hozir e’tiboringizga rassomning eng sara asarlarini taqdim etamiz.

0255566001363112507

Gullar yordamida asar yaratish jarayoni

Gullar yordamida asar yaratish jarayoni

Gullardan yaralgan ayol portreti

Gullardan yaralgan ayol portreti

Shamdan surat chizish jarayoni

Shamdan surat chizish jarayoni

0316623001363112498

Shamdan yaratilgan betakror ijod mahsuli

Shamdan yaratilgan betakror ijod mahsuli

Red yaratgan noyob suratlar haqida o‘z fikr-mulohazalaringizni qoldiring.

Maqolani tayyorlashda etoday.ru sayti ma'lumotlaridan foydalanildi.