ZiyoNET manbasidagi ro‘yxatga, ta’lim yo‘nalishidagi saytlardan tashqari, davlat va boshqa o‘zbek saytlari kiradi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.

Foto: gazeta.uz

Foto: gazeta.uz

Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, 10-iyuldan “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi mamlakatimizning umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, axborot-kutubxona idoralari, muzeylar va boshqa o‘quv, ilmiy hamda madaniy-ma’rifiy tashkilotlarni ZiyoNET Axborot Ta’lim tarmog‘iga ulashda bosh  operator etib tayinlandi.

Norma.uz xabariga ko‘ra, “O‘zbektelekom”ga ZiyoNET tarmog‘i axborot manbalariga uzluksiz kirishni Moliya vazirligi bilan kelishilgan shartnoma va narx-navoga muvofiq ta’minlash majburiyati yuklatilgan.

ZiyoNET tarmog‘iga xDSL, FTTx  hamda CDMA-450 texnologiyalari bo‘yicha cheksiz ulanishda kafolatlangan xizmatlar ro‘yxati tasdiqlangan.  Bunda belgilab qo‘yildiki,  ZiyoNET internet tarmog‘iga o‘rnatilgan bir oylik trafik muddati tugaganda, uzib qo‘yilmaydi.

Tarmoqqa ulanish faqat texnik imkoniyatlarga bog‘liq bo‘lgani sababli, ZiyoNET manbalariga yanada keng ravishda kirish uchun endilikda  mahalliy tarmoq yaratish rejalashtirilgan. CDMA-450 texnologiyasi chekka tumanlarda joylashgan va xDSL и FTTx orqali ulanishga texnik imkoniyati yo‘q ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan.