Bir yoshli qizaloqning ota-onasi kutilmaganda 60-yillar retroavtomobili egasiga aylandi. Sababi uddaburon qizaloq eBay internet auksionida Austin Healey Sprite rusumli mashinani sotib oldi. 14 oylik  Sorella Stautning ota-onasi yana bir mashinaga ega bo‘lishni aslo rejalashtirmagan edi. Biroq, qandaydir yo‘l bilan chaqaloqning qo‘liga smartfon tushib qolgan.

38991604001_large

Qizaloq o‘yin o‘ynash maqsadida telefonni qo‘liga olganida kutilmaganda eBay internet auksionining mobil dasturiga kirib qolgan. Natijada telefon tugmasini beixtiyor bosib, 1962-yilda ishlab chiqarilgan Austin Healey Sprite mashinasini sotib oldi. Agar bola yana bir necha daqiqa qarovsiz qolganida boshqa qimmatbaho buyumlarga ham buyurtma berishi tayin edi.

Mazkur retro mashina juda ham achinarli holatda bo‘lganligi uchun Stautlar oilasi uni olib kelgunga qadar jami 225 AQSh dollari sarf etdi.

Nima ham deymiz? Farzandlaringizga doimo e’tiborli bo‘ling.