Ikki yil avval  Chevrolet o‘zining 100 yilligini nishonlagan edi, lekin, bu yil ham kompaniyaning yana bayram qilishiga sabab bor. Gap shundaki, mazkur brendning avtomobillarini bezab turuvchi kapalak-galstuk o‘zining 100 yilligini nishonlamoqda.

Foto: autocentre.ua

Foto: autocentre.ua

Ilk bora bu mashhur logotip 1913-yilda Royal Mail avtomobilida qo‘llanilgan. “Chevrolet’ning kapalak-galstugi  butunjahon shuhratga ega bo‘ldi  va bugungi kunda amerikancha ijodkorlik, tadbirkorlik ramziga aylandi. Siz minglab funt yuklarni Silveradodagi chorrahalardan olib o‘tasizmi yoki Spark EV’da sayr qilasizmi, Chevrolet’ning kapalak-galstugi doimo sayohatlaringizning oldida bo‘ladi”, deydi  kompaniya bosh marketologi  Tim Maxoni (Tim Mahoney).

Chevrolet H2 Royal Mail avtomobili. © Lglswe / Wikipedia

Chevrolet H2 Royal Mail avtomobili. © Lglswe / Wikipedia

Chevrolet logotipi muallifi sifatida bir ovozdan kompaniya asoschilaridan biri Uilyam Dyurant (William Durant) tan olinadi, biroq, logotipning  qanday paydo bo‘lganligi  borasida bir necha taxminlar mavjud. Masalan, ularning biri Dyurant Parij mehmonxonalarining birida devordagi gulqog‘oz  naqshidan ilhom olgan, degan taxmin bo‘lsa, yana biri u logotipni gazetada ko‘rib qolgan. Shuningdek, uning qizi Marjeri otasi haqidagi biografik kitobda tasdiqlashicha, Uilyam logotipni bo‘sh vaqtida shunchaki qog‘ozga tushirib qo‘ygan.

Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, bu belgi bir asrki, Chevrolet avtomobillarini bezab kelmoqda, uning qanday yuzaga kelganligi esa bugun ahamiyatga ega emas.