Toshkent Davlat Yuridik universiteti tizimida huquqiy tadqiqotlar markazi tashkil etildi. U O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining faoliyati to‘xtatilgan Falsafa va huquq Instituti bazasida yaratildi.

u3461f65108m

Foto: pixland.uz

Avvalgi xabarlarga ko‘ra, Toshkent davlat yuridik institutiga Prezidentning 28-iyundagi qaroriga muvofiq universitet maqomi berilgan edi. Universitet davlatning “huquqshunoslik” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlar tayyorlash borasida tayanch oliy ta’lim va ilmiy-metodik muassasasi deb belgilandi.

Milliy universitet hamda Samarqand davlat universitetida mazkur mutaxassislik bo‘yicha bakalavr va magistrlarni tayyorlash to‘xtatiladi. Bu ikki oliy o‘quv muassasalarining yuridik fakultetida tahsil olib kelayotgan talabalar shu dargohda ta’limni o‘z yakuniga yetkazadi.

TDYuU qoshidagi huquqiy tadqiqotlar markazida davlat rahbarining yuqorida ko‘rsatilgan qaroriga muvofiq, “davlat hukumati va boshqaruvi demokratizatsiyaning huquqiy asosini rivojlantirish va takomillashtirish, fuqorolik jamiyatini shakllantirish, sud-huquqiy tizimini rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy bozor islohotlarini chuqurlashtirish, shuningdek, mamlakatning huquqni himoya qilish, qonunchilik faoliyati” borasida muhim va amaliy tadqiqotlar amalga oshiriladi.

Shuningdek, markaz davlat hukumati va boshqaruv organlari faoliyatida, sudlar, huquqni himoya qiluvchi organlar va ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlanishning boshqa jabhalarida foydalanish uchun norma va huquqqa muvofiq axborot-tahliliy materiallarni hamda huquq fani, amaliyotidagi dolzarb muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalarni tayyorlash bilan shug‘ullanadi.