Gidrometeorologik xizmat markazi xabariga ko‘ra, 24-iyuldan O‘zbekistonning shimoliy hududiga, 26-iyuldan respublikaning barcha hududlariga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda.

Foto: ria56.ru

Foto: ria56.ru

Issiq havo oqimi avgust oyining boshigacha davom etadi. 24—31-iyulda respublika bo‘yicha kunduzgi havo harorati me’yordan 4—6о ga yuqori bo‘ladi.

25—28-iyul kunlari eng issiq hududlar — Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat 39—44о bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida harorat 42—43о bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida esa, harorat 39—43darajagacha ko‘tariladi.

Tog‘li hududlarda harorat 27—32о gacha isiydi.