Yo‘lovchilar oqimining ko‘paygani sababli Toshkent-Termiz-Toshkent №480/479 qo‘shimcha poyezdi ishga tushirildi, deya xabar berdi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi.

Foto: mohiyat.uz

Foto: mohiyat.uz

Poyezd 11-avgustgacha toq sanalarda qatnaydi. Poyezdning Toshkentdan jo‘nab ketish vaqti 18:00, Termizga yetib kelish vaqti esa 9:00. Termizdan 17:05 da chiqib ketib, Toshkentga 8:35 da yetib keladi.

12-avgustdan №380/379 poyezdi Toshkent-Termiz-Toshkent yo‘nalishida har kuni qatnashni boshlaydi. Jo‘nab ketish vaqtlari yuqoridagidek qoladi.