“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi 5-20-iyun kunlari bo‘lib o‘tgan “Xorazm viloyatining sayyohlik brendini yaratish” tanlovi natijalarini e’lon qildi.

Foto: gazeta.uz

Foto: gazeta.uz

“O‘zbekturizm” rasmiy saytida xabar berishicha, tanlovda 42 ishtirokchining 200 ga yaqin ishlari taqdim etildi. Tanlov komissiyasi kelib tushgan barcha ijodiy ishlarni o‘rganib chiqdi. Ularni saralashda g‘oyaning yangi va originalligi, O‘zbekiston va dunyoning boshqa mamlakatlari aholisi uchun tushunarliligi, brendning Xorazm viloyati tabiiy imkoniyatlari va tarixiy obidalari bilan muvofiq kelishi kabi mezonlarga asoslanildi.

Tanlov natijalari bo‘yicha, USSO Design reklama agentligi vakili Xolmatov Zokir g‘olib deb topildi. Ikkinchi o‘rin poytaxtlik Zafarbek Matniyozovga, uchinchi o‘rin esa Urganch shahridan Adhambek Ismoilovga nasib etdi.