Seulda har yili shaxsiy transport vositalarining soni shiddat bilan o‘sishi natijasida yo‘llardagi tirbandlik ham oshib bormoqda. Harakatlanish og‘irlashmoqda, benzin narxi qimmatlashmoqda, mashinalarni qo‘yish uchun esa joy topish amri mahol. Har kuni seullik haydovchilar bo‘sh joy izlash uchun kamida 500 metr (oyiga hisoblaganda 15 kilometr) masofani bosib o‘tishlari va buning uchun 1 litr atrofida benzin sarflashlari kerak bo‘ladi. Seulda yoqilg‘i qiymati arzon emas — 1 litri taxminan 2 dollarni tashkil etadi. Shu sabali bunday holatda tejamkorlik qilish asosiy o‘rinda turadi.

Foto: vk.com

Foto: vk.com

Cheil agentligi S-Oil benzin quyish tarmoqlarini reklama qilish doirasida bu muammolarning oddiy, asosiysi, tejamli yechimini o‘ylab topdi. Unga ko‘ra, mashinalar to‘xtash joyida yorqin sariq rangli “Bu yerda” (Here) deb yozilgan ko‘rsatkich havoga ko‘tarilib, joy bo‘shagani haqida signal beradi.

Foto: polylog.ru

Foto: polylog.ru

Agar joy band qilinsa, u yana pastga qaytib tushadi. Ko‘rsatkichni ko‘rgan haydovchi darhol belgilangan joyga yetib keladi va barcha ovoragarchilik, asabbuzarliklarga chek qo‘yiladi. Natijada benzin va bo‘sh o‘rin izlashga ketadigan vaqt tejaladi. Haydovchilar ham avtomobil boshqarish chog‘ida yaxshi kayfiyatni saqlab qolishadi.

Manba: adme.ru