Taraqqiyot ildam rivojlangani sari texnologiya sohasida ham katta yangiliklar bo‘lmoqda. Mashinasozlikda ham kundan-kunga yangicha dizayn va ko‘rinishga ega bo‘lgan avtomobillar yaratilmoqda. Jahonning yirik avtomobil ishlab chiqarish kompaniyalari har yili raqobatchilaridan o‘zish maqsadida o‘z mahsulotini omma e’tiboriga havola etadi. “Forbes” nashri iltimosiga binoan, 3 nafar nufuzli avtomobil ekspertlar – Mett Xardrigi (avtomobillar haqidagi “Jalopnik” blogining bosh muharriri), Brett Berk (“Vanity Fair” jurnalining avtobozor rukni tadqiqotchisi) va Maykl Princhinello (“Classic Car Club” noyob avtomobillar klubi asoschisi) tomonidan joriy yildagi eng chiroyli mashinalar reytingi tuzib chiqildi. Marhamat, ular bilan tanishing.

McLaren P1

Mazkur gipermashina shu yilning so‘nggi kunlari sotuvga chiqishi ko‘zda tutilgan. Ekspert Maykl Princhinelloning aytishicha, bu mashina aerodinamik dizaynga ega bo‘lgan texnologik yangilik sanaladi. U juda ham chiroyli va o‘zida F1 xususiyatlarini mujassam etgan.

McLaren P1

McLaren P1

Maserati Ghibli

Bu zamonaviy sedanning narxi Yevropa bozorlarida 80 376 yevroni tashkil etadi. Rossiyada sentabr oyida sotuvga chiqadi.

Maserati Ghibli

Maserati Ghibli

Jaguar F-Type

Mett Xadrigi bu avtomobilni shu kungacha yaratilgan mashinalar orasida eng chiroylisi deb hisoblaydi.

Jaguar F-Type

Jaguar F-Type

Cadillac CTS

Brett Berk yangi Amerika sport sedani – CTS tezkorlik borasida boshqa avtomobillarni bemalol qo‘rqita oladi, deydi.

Cadillac CTS

Cadillac CTS

 Peugeot Onyx

Avtomobil haydash chog‘ida o‘z egasiga chinakam “uy” vazifasini o‘tay oladi. Ekspertlar uning ratsional kuchiga yuqori baho berishdi.

Peugeot Onyx

Peugeot Onyx

 Aston Martin CC100

Aston Martin СС100 ochiq kuzovi bilan yorqin uslubdagi mashina sanaladi. U o‘zida 1950-yillarda mashhurlikka erishgan afsonaviy poyga mashinasi Aston Martin DBR1 texnologiyasini saqlab qolgan. Dizaynerlar Aston Martin DBR1 kelajak avlodi qanday ko‘rinishda ekanligini namoyish etishga urinishgan.

Aston Martin CC100

Aston Martin CC100

 Volkswagen XL1

2013-yilning fevral oyida Jeneva avtosalonida namoyish etilgan bu mashina eng tejamkor deb topildi. Volkswagen XL1 tejamkorlik siri uning ixchamligi, kichik vazn (795 kg) va yuqori aerodinamikaga egaligida.

Volkswagen XL1

Volkswagen XL1

 Lamborghini Aventador Roadster

Avtomobil yengil alyuminiydan ishlangan Dione 20"/21" diski bilan qoplanganligi uchun uning og‘irligi 10 kgga pasaygan. Tadqiqotchilar fikricha, Aventador LP 700-4 go‘zal ko‘rinishda bo‘lgani bilan agressiv harakatga ega.

Lamborghini Aventador Roadster

Lamborghini Aventador Roadster

Vauxhall Astra VXR

Met Xardrigi qayd etishicha, britaniyalik GM mutaxassislari odamlarni o‘ziga jalb etuvchi, “atletik” xetchbek yaratish uddasidan chiqishdi.

Vauxhall Astra VXR

Vauxhall Astra VXR

 Alfa Romeo 4C

Mazkur italyan brendi so‘nggi yigirma yil ichida o‘zining hech qanday modelini Amerika bozorida namoyish etmadi. Yangi Alfa Romeo 4C o‘zining chiroyli dizayni bilan avtobozorda yana katta mavqeni egallashi mumkin.

Alfa Romeo 4C

Alfa Romeo 4C

Eng сhiroyli avtomobillar reytingi bilan tanishib chiqdingiz. Aziz muxlislar, yuqoridagi mashinalar orasida qay birini xarid qilgan bo‘lardingiz?