Boshqa viloyatlik tengdoshingiz bilan suhbatlashib qolganda bir-biringizni tushunmay qolgan payt bo‘lganmi? Bir mamlakatda yashab, bir millatga mansub bo‘la turib, bir-birining gap-so‘zlarini tushunmaslik g‘alati holat, albatta. Biroq bunday vaziyatlarning uchrab turishi tabiiy hol. Axir buni sheva deb qo‘yishibdi.

Sheva

Sheva – o‘zbek tilining eng qiziqarli jihatlaridan biri bo‘lsa ajab emas.

Ma’lumot o‘rnida, o‘zbek tili tarkibida uchta lahja bor:

  • Qarluq (Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Qarshi)
  • Qipchoq (Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Qoraqalpog‘iston, Shimoliy Xorazm viloyatlari, Turkmanistonning Toshovuz viloyati shevalari)
  • O‘g‘uz (Urganch, Xiva, Xonqa, Hazorasp, Qo‘shko‘pir, Shovot tumanlari) lahjasi.

Hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun qarluq lahjasiga kiradigan Farg‘ona-Toshkent shevalari asos qilib olingan. Olimlarning fikricha, Toshkent shevasi fonetik jihatdan, Farg‘ona shevasi morfologik jihatdan adabiy tilga asos bo‘lgan. Umuman olganda, adabiy til barcha shevalarga tayanadi.

Shevalar mavzusini jonliroq ravishda ochib berish maqsadida turli sheva vakillari bilan suhbatlashdik. Qani, ular tildagi farqlar haqida nima deydi?

Samarqand viloyati

DSC05283

Samarqandlik Komila

jadval1

Samarqandlik Komila Toshkent va Samarqand shevalarining mana shunday farqlari haqida aytib o‘tdi

Andijon viloyati

380348_369409079779191_248808483_n

Andijonlik Hasanboy

jadval2

Andijonlik do‘stimiz Hasanboy adabiy til va Andijon shevasida turlicha bo‘lgan ba’zi soz‘larni keltirdi

Xorazm viloyati

getImage

Xorazmlik Jaloliddin

jadval3

Jaloliddin Xorazm shevasi va adabiy til tafovutlarini ba’zi so‘zlar misolida ko‘rsatdi

Yuqorida keltirilgan so‘zlar shevalararo farqlarning faqat ba’zilari edi xolos.

Ba’zan bitta so‘zning o‘zi turli shevalarda turlicha ma’noga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, “pashsha” – Toshkent shevasida chaqmaydigan hasharotni bildiradi (ruscha “muxa”). Samarqand shevasida esa chaqadigan hasharotni bildirib (ruscha “komar”), “chivin” esa aksincha ma’nolarda qo‘llaniladi.

Bunday shevalararo farqlarga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Aziz mushtariylar, siz ham ana shunday shevadan-shevaga tafovut qiluvchi so‘zlardan qaysilarini bilasiz?