9-sentabrdan Toshkent tumanlarida 5 kunlik issiq suv o‘chirilishi boshlanadi, deb xabar beradi Gazeta.uz.

tower_01

Foto: worldradiomap.com

5-sentabrdan 4-oktabrga qadar issiqlik tarmoqlarini mexanik chidamlilik va zichlikka tekshirish ishlari amalga oshiriladi. Bunda iste’molchilar issiq suvdan cheklanmaydi, faqatgina 16-sentabr kuni “Sanoatenergo” qozonxonasi atrofida issiq suv bo‘lmaydi.

Sinovlar vaqtida issiqlik tarmoqlari quvurlari shikastlanishi, yo‘laklarga issiq suv otilib chiqishi mumkin. Bunda haydovchi va yo‘lovchilardan ehtiyotkor bo‘lish talab etiladi. Agar kamchiliklar kuzatilsa, 215-72-73 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilinsin.

9-sentabrdan 11-oktabrgacha poytaxt tumanlarida reja bo‘yicha issiqlik markazlarini kuzgi to‘liq to‘xtatish ishlari amalga oshiriladi. Ushbu tadbirlar har bir belgilangan hududda besh kundan davom etadi va bu vaqtda issiq suv bo‘lmaydi.

Issiq suv o‘chirilish taqvimi

  • IM-1 “Shimoliy-Sharqiy” – 23—27-sentabr
  • IM-2 “Qorasuv” – 7—11 oktabr
  • IM-3 “G‘arbiy” – 23—27-sentabr
  • IM-4 “Shimoliy” – 16—20-sentabr
  • IM-5 “Chilonzor” – 9—13-sentabr
  • IM-6 “Janubiy-G‘arbiy” – 16—20-sentabr
  • IM-7 “Aviasozlar” – 7—11-oktabr
  • IM-8 “Sergeli” – 9—13-sentabr
  • “Suvsoz” qozonxonasi – 9—13-sentabr
  • “TTZ” qozonxonasi – 16—20-sentabr
  • “Sanoatenergo” qozonxonasi – 23—27-sentabr
  • ToshIEM – 7—11-oktabr

IM-4 va IM-5 issiqlik manbalari o‘chirilgan vaqtda, mos ravishda IM-10 va IM-9 issiqlik manbalari ta’sir doirasidagi hududlarda ham issiq suv bo‘lmaydi.