Sovg‘alar — insonlar ko‘nglini shod etishda xizmat qiluvchi muhim vosita. Bayram ayyomi yoxud tavallud kunlarida yaqinlarimizni yoqimli tuhfalar bilan siylash bizga odat bo‘lib qolgan. Sovg‘aning katta-kichigi bo‘lmaydi, muhimi  e’tibor. Kimdir uchun samimiy tilak eng yaxshi sovg‘a bo‘lsa, ba’zilar noan’anaviy tarzdagi tuhfalarni xush ko‘radi. Bugun biz so‘rovnomamizda ishtirokchilarimiz hayotidagi eng unutilmas sovg‘a bilan qiziqdik. Ular shu kunga qadar olgan eng ajoyib sovg‘alari nima ekanligini sizlar bilan o‘rtoqlashadi.

Madina, 16 yoshda, TDIU qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi

Madina, 16 yoshda, TDIU qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi

Tug‘ilgan kunim arafasida dadam menga soch tekislovchi dazmol sovg‘a qilganlarida judayam xursand bo‘lib ketgandim. Chunki anchadan beri, dazmol sotib olishni orzu qilardim.

Foto: telegka.com.ua

Foto: telegka.com.ua

DSC_1642

Komiljon va Aliakbar, 20 yoshda, O‘zMU talabalari

Bu yili tug‘ilgan kunimizni oilamiz davrasida nishonladik. Oilamizdan olisda o‘qiganimiz bois bu biz uchun eng yaxshi sovg‘a bo‘ldi.

Foto: visualphotos.com

Foto: visualphotos.com

DSC_1646

Anora, 22 yoshda, Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi

O‘tgan yili tug‘ilgan kunimda dadam erta tongdan sovg‘a bilan qutladilar. Qutini ochib qarasam, orzuimdagi telefon-iPhone 5. Bu sovg‘ani sira yodimdan chiqarmayman.

Foto: telegraph.co.uk

Foto: telegraph.co.uk

DSC_1638

Barno, 20 yoshda, inspektor

Kollejdagi do‘stim tug‘ilgan kunimda katta quti olib kelgan. Hamma dugonalarim bilan xonada g‘ala-g‘ovur qilib sovg‘ani ochganmiz. Uning ichidan yana yettita qutichalar chiqib, eng so‘ngisidan kichkinagina qo‘g‘irchoq chiqqan. Qo‘g‘irchoq boshiga esa kumush uzuk taqib qo‘yilgan edi. Bu men uchun eng ajoyib va antiqa sovg‘a bo‘lgan.

DSC_1649

Abdurahmon, 25 yoshda, hisobchi

Hayotimdagi eng katta sovg‘a – o‘g‘limning dunyoga kelganidir. Uning tug‘ilganini eshitib, quvonchdan ichimga sig‘may ketganman. Oktabr oyida farzandim bir yoshga to‘ladi.

Umida, 20 yoshda, talaba

Umida, 20 yoshda, talaba

Men uchun eng aziz sovg‘a bu – 8-mart bayramida menga tortiq qilingan tuvakda o‘stirilgan chiroyli gul bo‘lgan. Uni haligacha parvarishlayman.

Foto: dear-blog.com

Foto: dear-blog.com

Ishtirokchilarimiz uchun qadrli bo‘lgan sovg‘alar bilan ham tanishdingiz. Sizlarni ham so‘rovnomamizda qatnashishga chorlab qolamiz. Hayotingizdagi eng ajoyib sovg‘a nima bo‘lganini biz bilan o‘rtoqlashing.