Yangi o‘quv yilini boshlab yuborgan talabalarga bilim olish bilan birga, turar joy ham zarurligini inkor etib bo‘lmaydi. Bunda ular oldida bir necha tanlash imkoni mavjud.

Foto: studen-online.ru

Foto: studen-online.ru

Jumladan, talabalar yotoqxonasi, ijara uylar, qarindosh yoki yaqin insonlari xonadonlari va hokazo. Har kim o‘ziga qulay, imkoni darajasida bo‘lganini tanlaydi, albatta.

Dastlab, talabalar uyi — yotoqxonalarga to‘xtalib o‘tsak. Xo‘sh, u yerga talabaning joylashish tartibi, yo‘l-yo‘rig‘i qanday?

Foto: gal-qt.kol.uz

Foto: gal-qt.kol.uz

Shu savol bilan poytaxtimizdagi ba’zi OTMlarga murojaat etdik. Masalan, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida:

  • avval ariza yozishi
  • 10 oy muddatga 250 ming so‘m to‘lashi lozim.

Toshkent islom universitetida:

  • ariza yozishi
  • oyiga 30 ming so’m to‘lashi lozim.

O‘zbekiston Milliy universitetida:

  • ariza yozishi
  • oyiga 28 ming so’m to‘lashi lozim.

Ariza yozgan talabaning hammasiga ham yotoqxona berilmasligi mumkin. Sababi, OTM ma’muriyati tomonidan arizalar ko‘rib chiqiladi va haqiqatan ham yotoqxonaga ehtiyoji bor-yo‘qligi inobatga olinadi.

Shuningdek, talabalar ijara uylarda yoki qarindoshlarnikida ham turishi mumkin. U holda ijara uylar narx-navosi qanday? Ijara uylarda turishni talabaning “cho‘ntagi” ko‘taradimi?

Foto: vatandosh.uz

Foto: vatandosh.uz

Bu masalaga aniqlik kiritish uchun, poytaxtdagi narxlar bilan ham qiziqdik. Buning uchun e‘lonlarda ko‘rsatilgan telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib maklerlardan quyidagicha ma'lumot oldik:

  • Alohida, egasisiz 1 xonali kvartira oyiga 650—700 ming so’m.
  • Egasi bor ijara uylar kishi boshiga 100—150 ming so’m.

Keling, endi talabalarning o‘ziga yuzlansak.

Qumar Begniyazova. Foto: facebook.com

Qumar Begniyazova. Foto: facebook.com

Qumar Begniyazova, O‘zDJTU magistranti:

4 yil davomida O‘zDJTU yotoqxonasida yashaganman. Afzalliklari haqida gapiradigan bo‘lsam, universitetga yaqin joylashgani uchun juda erta turish shart emas edi. Bundan tashqari, transport ham muammo emas, piyoda borib-kelish mumkin. Issiq va sovuq suv, qishda markaziy isitish bo‘yicha hech qanday muammoga duch kelmaganman. Biroq, ba’zi jihozlar eskirib qolganligi va bizni uzoqdan ko‘rgani kelgan yaqin qarindoshlarimiz xonamizda tunab qolishiga ruxsat berilmasligini kamchiligi degan bo‘lardim. Buning uchun birinchi qavatda maxsus xona bor, o‘sha yerda kunlik to‘lov evaziga tashrif buyuruvchilar uchun qulaylik yaratib beriladi.

Ilhom Suzakov. Foto: facebook.com

Ilhom Suzakov. Foto: Facebook

Ilhom Suzakov, O‘zDSMI talabasi:

Hozirda 3-bosqich talabasiman va 3 yildan buyon ijara uylarda turib, o‘qishga qatnayman. Talabalar turar joyiga borish istagim bo‘lgan, lekin, o‘sha vaqtda men kabi boshqa OTMlarda tahsil oladigan qarindosh aka-ukalarim ham joy izlayotgan edi. Shu sabab, uchchalamiz kelishgan holda, bitta xonadonda turishni afzal bilganmiz. Ijara uylarda turishning yaxshi sharoitidan tashqari, qulaylik tomonlari ham bor, masalan, sizni ko‘rishga kelgan ota-onangiz, yaqinlaringiz bemalol tunab qolishlari mumkin.

Qo‘shimcha sifatida shuni aytish mumkinki, poytaxtimizdagi 26 ta ta’lim muassasalarining 38 ta talabalar turar joylari “Beruniy” metrosida joylashgan “Yoshlik” talabalar shaharchasi hududida joylashgan. Jamiyatgzt.uz bergan ma’lumotga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 11-fevralda “Yoshlik” talabalar shaharchasi mustaqil ma’muriy hudud sifatida tuzilgan. Ushbu hududning maydoni 600 gektardan ortiq. 2005-yilda to‘liq ta’mirlanib, 2006-yil 14-yanvardan talabalarga foydalanishga topshirilgan.

Foto: tatu.vo.uz

Foto: tatu.vo.uz

Xulosa qilib aytganda, tanlash imkoniyati talabaning o‘ziga bo‘g‘liq. Hamda ko‘pgina talabalar qarindosh-urug‘larning xonadonida turib o‘qishni yaxshiroq deb biladi. Ahir, mehmannovozlik arimaydigan yaqinlar uyida yashash yaxshi-da!

Aziz mushtariylar, siz talaba bo‘lganingizda qay birida turgansiz yoki ayni paytda qayerda turasiz?