Autoblog nashri Mercedes-Benz S-Class kupesi ilk eskizlarini tarmoqqa joylashtirdi. Ushbu model premyerasi keyingi hafta Frankfurtda bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Sotuvga chiqadigan avtomobilni esa 2014-yilning yanvarida Detroytdagi motorshouda ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Mercedes-S-Class-Coupe-Sketches-1-700x466

“Motor” nashrining xabar berishicha, ushbu ikki eshikli kupening S-Class sedaninikidek dvigatelga ega bo‘lishi kutilmoqda. S-Class gammasida sedan va kupedan tashqari, Pullman limuzini, kabriolet, va ehtimol kuzovli model stilidagi “Shooting brake” universali ham chiqishi ko‘zda tutilgan.

mercedes-s-class-coupe-2

Aziz mushtariylar, xo‘sh, Mercedes-Benz S-Class haqida qanday fikrdasiz?