“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Mi-8T vertolyotlari va TB2-117 AG aviadvigatellari tipidagi aviatsion texnikani sotuvga qo‘yadi, deb xabar beradi Uz24 nashri.

Foto: uralpolit.ru

Foto: uralpolit.ru

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK saytida keltirilishicha, ekspluatatsiya qilinadigan havo kemalarini unifikatsiya qilish, ularning sonini va rusumini optimallashtirish maqsadidida, shuningdek, “MAI” aviokompaniyasining samarasiz xarajatlarini qisqartirish uchun Mi-8T vertolyotlari va TB2-117 AG aviadvigatellarini balansdan chiqarish hamda sotuvga qo‘yish masalasi ishlab chiqilmoqda.

Sotuvga qo‘yilgan vertolyotlar soni va narxi haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.