Poytaxtimizda ilk bora ikki juft egizak dunyoga keldi. Ularning to‘rtalovi ham o‘g‘il bola. Bu haqda Podrobno.uz xabar bermoqda.

roddom-490x245

Egizaklarning onasi – 33 yoshli Gulshan Haydarova Toshkentning Bektemir tumani “Chashma” mahallasida istiqomat qiladi. Hozirda bolakaylar o‘zini yaxshi his qilmoqda. Tug‘ruqxona xodimlari ularga 11-sentabr kuni javob beradi.

Baxtli ota-ona o‘z farzandlariga allaqachon ism o‘ylab qo‘yishgan: Hasan, Husan, Islom va Karim. Endi Haydarovlar xonadonida to‘ng‘ich o‘g‘il va qiz bilan birga olti farzand bo‘ldi.