“O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasida kompaniya rahbariyati hamda Xitoyning «Golden Dragon» avtobuslar ishlab chiqaruvchi yirik korxonasining savdo bo‘yicha direktori Bao Xong Kuan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Podrobno.uz xabar beradi.

bus1-big

Foto: shodlikpalace.com

Bao Xong Kuan «Golden Dragon» kompaniyasining O‘zbekiston Respublikasi bilan hamkorlik rejalaridan boxabar etdi. Uning qayd etishicha, kompaniyaning strategik maqsadi O‘zbekistonda avtobuslar yig‘ish bo‘yicha Yevropa sifatiga ega ishlab chiqarish kompleksini joriy etish hamda kelgusuda MDH mamlakatlariga ushbu mahsulotni eksport qilishdir.

Shuningdek, Bao, O‘zbekiston, xususan, “O‘zbekturizm” MK bilan bilan hamkorlik aloqalari «Golden Dragon» kompaniyasi uchun juda muhim vazifa ekanligini ta’kidladi.

Muzokaralar davomida Xorazm viloyatiga rivojlanish dasturi bo‘yicha yuqori komplektli turistik avtobus hamda mikroavtobuslar yetkazib berish masalasi muhokama etildi.

Xitoy delegatsiyasi mamlakatimiz iqtisodiyoti va infrotuzilmasi rivoji tez sur’atlarda o‘sayotganligini tilga oldi. Janob Bao yo‘llarning sifatiga, avtomobil sanoati rivojiga va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga e’tibor qaratdi.

Muzokora so‘ngida O‘zbekiston tomoni mustahkam hamkorlik va axborot almashishga tayyor ekanligini bildirdi.