Farzand dunyoga kelgach, har bir ota-ona unga loyiq ism qo‘yish arafasida turadi. Ism – insonning bir umrlik hamrohi. U xoh qiz bolalar, xoh o‘g‘il bolalar ismi bo‘lsin, ham chiroyli, ham ma’noli bo‘lishi kerak. Kimdir noodatiy, kam uchraydigan, yana kimdir esa taniqli va ko‘p qo‘llaniladigan ism qo‘yishni xohlaydi.

3 (6)

Factorname nashri O‘zbekistonda eng ommabop ismlar ro‘yxatini ma’lum qildi. Nashr besh mingga yaqin yoshlarning (17 yoshdan 25 yoshgacha) ismlarini tahlil qilib chiqqanda, 200 dan ortiq turdagi ismlar ma’lum bo‘ldi. Ular ichida “Abdu”, “bek” va “jon” kabi qo‘shimchalar bilangina farqlanuvchi ismlar umumlashtirildi. Masalan, Sardor, Sardorbek, Mirsardor, Sardorjon ismlari Sardor ismi ostida birlashtirildi.

Marhamat, eng ommabop o‘g‘il bolalar ismlari 20 taligi bilan tanishing:

  1. Sardor
  2. Bekzod
  3. Doston
  4. Sherzod
  5. Bobur
  6. Jasur
  7. Otabek
  8. Ulug‘bek
  9. Islom
  10. Alisher
  11. Nodir
  12. Dilshod
  13. Anvar
  14. Jahongir
  15. Aziz
  16. Oybek
  17. Sirojiddin
  18. Javohir
  19. Jamshid
  20. Rustam

Ro‘yxatga ko‘ra, eng ommabop o‘g‘il bolalar ismi bu – Sardor ekan. Rahbar, boshqaruvchi degan ma’no anglatuvchi ushbu ism so‘rovnoma bo‘yicha 25 ming yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga qo‘yilgan.

Foto © O‘zA