Renault kompaniyasi Frankfurt avtosalonida keyingi avlod Espace “miniven”i xabarchisi bo‘lgan Initiale Paris “konsept-kar”i (bo‘lajak avtomobil prototipi) taqdimotini o‘tkazdi. Bu haqda “Motor” nashri xabar bermoqda.

3fd376ae5403eaf7c97979ff963b9

Foto: Motor.ru

Yangi mahsulot to‘rtta alohida o‘tirg‘ichdan iborat, biroq sotuvga chiqariladigan variantning yetti o‘rindiqli bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Prototip poli yog‘ochdan ishlanib, alyumin detallar o‘rnatilgan. Mashina tomi Parij xaritasi bilan bezatilgan.

78268ba5e49c9a72b611aa2e799a5

Foto: Motor.ru

“Konsept-kar” svetodiodli yorug‘lik texnikasi, 22 dyuymli g‘ildirak disklari, shuningdek 32 dinamikli, 2 sabvuferli va 12 kanaldan iborat ovoz kuchaytirgichli Bose audiotizimi bilan ta’minlangan.

d39f74bc0410e85909d6bf2b12fd6

Foto: Motor.ru

Avvalroq Renault Initiale Paris nomi ostida yangi lyuks avtomobili ishlab chiqarishni ko‘zlagan edi. Biroq endi kompaniya alohida lyuks marka chiqarish o‘rniga bor modellarni takomillashtirishga qaror qildi.