Namangan viloyati fermer xo‘jaliklari paxta terimiga kirishdi, deya xabar beradi O‘zinform nashri. Ularga yordam berish uchun ko‘ngillilar jalb etiladi.

3 c

Viloyat hokimiyati matbuot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, viloyat OTMlar talabalari, barcha korxona, tashkilot xodimlaridan iborat jami 180 mingdan ortiq kishini paxta terimiga jalb qilish ko‘zda tutilmoqda.

Terimchilar uchun zarur sharoitlar, yotish joylari tashkil qilinib, ovqatlanish va madaniy hordiq masalalari ham hal qilindi.

Xirmonga topshirilgan paxtaning har bir kilogrammi 210 so‘mdan hisoblanadi. Terimga jalb qilinganlarning oylik maoshi saqlab qolinadi.

Foto © O‘zA