Boeing kompaniyasining xalqaro operatsiyalar bo‘yicha direktori B. Lopp “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi bilan hamkorlik rejalari va birgalikdagi loyihalar haqida so‘lab berdi. Bu haqda Podrobno.uz xabar bermoqda.

boeing787

Foto: dailytech.com

Uning ta’kidlashicha, O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi asosiy hamkor sifatida ko‘rib, u yerdagi faoliaytini yanada chuqurlashtirish niyatida. Shu yilning oxirigacha Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan samolyot konstruksiyasining tarkibiy qismlarini ta’mirlash bo‘yicha markaz yaratiladi. Ushbu markaz Boeing-787 Dreamliner yangi avlod aviatsiya texnikasiga xizmat ko‘rsatishi ko‘zda tutilmoqda.

Yangi markazning FAA va EASA talablariga javob berishi rejalashtirilgan.