Moskvaning Restoran biznesi akademiyasida “O‘zbek taomlari” deb nomlangan master-klass o‘tkazildi. Unda yirik restoran va sayyohlik biznesi vakillari, madaniyat faollari, Moskvaning yetakchi muassasalari bosh oshpazlari va jurnalistlar ishtirok etdi. Bu haqda Podrobno.uz xabar bermoqda.

Plov-gotov

Foto: spoon.com.ua

Master-klass davomida qatnashchilar e’tiboriga taniqli o‘zbek taomlari: palov, lag‘mon, patir non, shuningdek, milliy salatlar, shirinliklar taqdim etildi.

Rossiyalik restoratorlar o‘zbek madaniyatiga bo‘lgan qiziqishning o‘sishi bilan, o‘zbek milliy taomlari ommabopligi ham oshib borayotganligini ta’kidlamoqda. Bunga o‘zbek taomlari shinavandalari bo‘lgan taniqli oshpazlar ishtirokida ko‘plab shou-dasturlarning Rossiya telekanallari efirlarida muntazam uzatilayotgani ham sabab bo‘lmoqda.