Indoneziyaning Bali orolida “Dunyo go‘zali-2013” tanlovining bo‘layotgani haqida avval xabar bergan edik. Podrobno.uz yozishicha, ilk defile (chiqish) va hakamlar baholaridan so‘ng, tanlov ishtirokchilari soni anchagina qisqardi.

article-2419917-1BB780DE000005DC-597_634x707

O‘zbekiston vakilasi Miss World 2013 tanlovida. Foto: dailymail.co.uk

Birinchi bosqichdan so‘ng, jami 131 mamlakat vakilasidan 32 nafari saralangan bo‘lsa, keyingi bosqichdan bor-yo‘g‘i 11 ishtirokchi muvaffaqiyatli o‘tdi. Ular quyidagi davlat vakilalari:

  1. Fransiya
  2. Indoneziya
  3. Yamayka
  4. Ispaniya
  5. Filippin
  6. Xitoy
  7. Gana
  8. Ukraina
  9. Italiya
  10. Braziliya
  11. Moldova

Ko‘rib turganingizdek, ular orasida bizning hamyurtimiz yo‘q. “Dunyo go‘zali-2013” tanlovi g‘olibasi 28-sentabr kuni o‘tkaziladigan final bosqichda aniqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Rahima G‘aniyeva va ushbu tanlovning O‘zbekiston bosqichi avvalroq jurnalistlar tanqidiga uchragan edi. Bunga Rahima bilan bog‘lanib bo‘lmagani, uning hech qaysi model agenliklarida hisobda emasligi sabab bo‘ldi. Shuningdek, “Miss Uzbekistan” tanlovi to‘g‘risida ham hech qayerdan ma’lumot topilmadi. Tanlovning xalqaro bosqichi boshlangach esa, Rahimaning ushbu “shubhali” shaxsi boshqa davlatlar matbuotlarining ham e’tiboriga tushdi. Ta’kidlash joiz, na Rahima G‘aniyeva, na tegishli tashkilotlar matbuotdan tushgan murojaatlarga hali-hanuz oydinlik kiritgani yo‘q.