23-avgust kuni Toshkent shahrida ikki juft egizak tug‘ilgani haqida avval xabar bergan edik. 14-sentabr kuni poytaxtimizning Bektemir tumanidagi “Chashma” mahallasida ushbu egizaklarni tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi.

Foto: gazeta.uz

Foto © gglit.uz

Gazeta.uz xabar berishicha, mahalla ahli yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni qimmatbaho sovg‘alar bilan kutib oldi. G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Haydarovlar oilasiga egizaklar uchun mo‘ljallangan ikkita bolalar aravachasini tuhfa qilgani haqida o‘z saytida yozmoqda.

Foto: gazeta.uz

Foto © gglit.uz

Tuman hokimiyati esa to‘rtta to‘liq to‘plamda yasatilgan beshik, bolajonlar nomiga ochilgan va tegishli miqdorda mablag‘i bo‘lgan jamg‘arma daftarchasi va boshqa sovg‘alarni hadya etdi.

Farzandlarning ota-onasi hayotlaridagi muhim sanada ularga katta e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatgani uchun O‘zbekiston poytaxti jamoatchiligiga cheksiz minnatdorchilik izhor etdi.

Eslatib o‘tamiz, poytaxtimizda ilk bora ikki juft egizak dunyoga keldi. Ularning to‘rtalovi ham o‘g‘il bola. Abdullajon va Gulshanxon Haydarovlarning oilasida tug‘ilgan to‘rt nafar o‘g‘ilga Hasan, Husan, Islom va Karim deya ism qo‘yishdi. Egizaklarning oilada katta akasi va opasi ham bor.