15-sentabr kuni Toshkentga Mercedes-Benz Conecto Low Floor avtobuslarining bu yil hisobidan uchinchi partiyasi keltirildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” uyushmasi xabar bermoqda.

1367932361-_HDM6422-615x408

Foto © “Toshshahartransxizmat”

Keltirilgan 18 ta yangi avtobus yo‘lovchi transportining shahar yo‘nalishlarida ishlatiladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval 30 ta Mercedes-Benz Conecto Low Floor yo‘lovchi tashish avtobuslari keltirilgan edi. “Toshshahartransxizmat” uyushmasi va Germaniyaning EvoBus GmbH kompaniyasi o‘rtasida imzolangan 14 million yevrolik shartnoma asosida jami 100 ta Mercedes-Benz Conecto Low Floor avtobuslari keltirilishi ko‘zda tutilgan. Avtobuslarning qolgani oktabr oyida yetkaziladi.