Avtobus va tramvaylarda yo‘l haqi uchun to‘lanadigan jetonlarni bir martada endi 30 dona miqdorida sotib olish mumkin. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” uyushmasi xabar bermoqda.

yzakgP13619749524953_b

Foto © “Toshshahartransxizmat”

Eslatib o‘tamiz, poytaxtimizda shu yilning 1-mart kuni yer usti jamoat transportlari uchun jeton ko’rinishidagi yangi yo’l haqi to‘lovi muomalaga kiritilgan edi. Boshida 10 dona, 3-iyundan boshlab bir martada 20 dona jeton sotib olish mumkin bo‘ldi.

Bunday jetonlar transportda yurish kartalarini xarid qilish punktlarida sotiladi. Ularni faqat bank plastik kartalari orqali xarid qilish mumkin.