2013-yilning 15-sentabridan O‘zbekistonda 600 grammlik oddiy buxanka non narxi 9 foizga oshdi – 550 so‘mdan 600 so‘mga ko‘tarildi. Bu haqda “Mezon” nashri xabar bermoqda.

7LcSCM13486333271846_b

Foto © Gazeta.uz

Narx oshishiga sabab shu yilning 1-iyulidan bug‘doyning 18 foizga qimmatlashganidir. So‘nggi bora O‘zbekistonda buxanka non narxi 2012-yilning 25-sentabrida 10 foizga oshirilib, 500 so‘m o‘rniga 550 so‘m bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, nonning ushbu turiga narx davlat tomonidan belgilanadi.

Ma’lumot o‘rnida: bu yil yurtimiz g‘allakorlari 7,61 million tonnadan ziyod don yig‘di. O‘tgan yili esa bu ko‘rsatkich 7,17 million tonnani tashkil qilgan edi.