Rossiyaning Primorye o‘lkasida yashovchi Leshenkolar oilasi o‘z mablag‘lari hisobiga qo‘riqxonalarida 8 ta ayiqni boqib keladi. Biroq so‘nggi paytlarda moliyaviy kamchiliklar va oila boshlig‘ining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli qiynalib qolgan oila ayiqlarning ikkitasini Toshkentdagi hayvonot bog‘iga berishga qaror qildi.

14

Lyudmila Grigoryevna ayiqlaridan birini siylamoqda. Foto © uhtazoo.ru

Ma’lum bo‘lishicha, Leshenkolar Toshkent zooparkining anchadan beri ayiq qidirayotgani haqida eshitib, bu qarorga kelgan. Ayiqlar egasi Lyubov Grigoryevna ayiqlarning aynan Toshkent zooparkiga borishidan mamnunligini izhor qilib, bu jarayonni tezlatishga xohish bildirdi.

Poytaxtimiz hayvonot bog‘i direktori “Podrobno” nashriga bergan intervyusida bog‘da uzoq yillar mobaynida bir juft Himolay ayiqlarining keksayib qolguncha yashaganini, bir necha yillardan buyon ular o‘rniga o‘rindosh qidirishayotganini ta’kidladi. “Duboviy Klyuch” qo‘riqxonasi ayiqlarini jon deb qabul qilishlarini qo‘shimcha qildi.