Buxoro tumanidagi “Murg‘ak” fermer xo‘jaligida ochilgan qush fabrikasi yurtimiz bo‘ylab mashhurlikka erishgan. Xo‘jalik egasi Mubin Mahkamovning “Pravda Vostoka” nashriga bergan intervyusida fabrikaning 2000-yilda ochilgani, bugungi kunda u yerdagi yapon bedanalari soni besh yarim mingdan oshiqligini aytdi.

4

Foto © adamant.ru

Ferma mahsulotlari nafaqat aholi, balki ko‘plab umumiy ovqatlanish punktlari va restoranlar orasida ham talabgir bo‘lib, yiliga 600—700 ming dona bedana tuxumi va 300 kilogrammga yaqin go‘shti savdo tarmog‘iga chiqariladi.

Mubin Mahkamov yangiliklarga o‘ch ekanini bildirib, endi bedanalar qatorida Afrika tuyaqushlarini boqishni boshlaganini ta’kidladi. Hozircha ular oltita bo‘lib, maxsus tayyorlangan maydonchalarda yashamoqda. Fermer ularni ko‘paytirish niyati borligini bildirdi.