UZINFOCOM markazi UNICON ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi bilan hamkorlikda ICTExpo 2013 ko‘rgazmasi davomida “PassportID statusi va elektron raqamli imzoni bepul qo‘lga kiritish” aksiyasini o‘tkazadi. Bu haqda “Uz24” nashri xabar bermoqda.

000011

Markaz saytida aytilishicha, PassportID statusini oddiy yo‘l bilan qo‘lga kiritish uchun o‘zi haqida barcha ma’lumotlarni kiritish, UZINFOCOM markazi Abonent bo‘limiga pasport bilan borib, u yerda suratga tushish zarur bo‘ladi. Viloyatlarda hokimiyatlar qoshidagi Kompyuterlashtirish markazlarida ushbu statusni olish jarayonlari bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazma chog‘ida esa uni darhol, bir necha daqiqadayoq qo‘lga kiritish mumkin.

Xo‘sh, PassportID satusi nima uchun kerak?

  • U ID.uz – Yagona identifikatsiyalash tizimida foydalanuvchining shaxsini tasdiqlashni talab qiladigan servislardan foydalanish imkonini beradi;
  • E-kommunal.uz – kommunal xo‘jalik va uy-joy fondi portali, my.gov.uz – interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida shaxsiy kabinetlardan qulaylik bilan foydalanishda asqotadi;
  • Elektron raqamli izmo esa elektron hujjat uchun zarur bo‘lib, uning xavfsizligi ta’minlaydi va mualliflikni himoya qiladi.

Foto © O‘zA