Arxeologiya sohasidagi O‘zbekiston hamda Fransiya davlatlari hamkorligining 25 yilligi samaralariga bag‘ishlangan ko‘rgazma Samarqand, Buxoro, Termiz va Toshkent shaharlarida tashkil etiladi. Bu haqda Gazeta.uz xabar beradi.

Foto: fb.com/institutfrancaisouzbekistan

Foto: fb.com/institutfrancaisouzbekistan

Fransiya elchixonasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ko‘rgazmaning dastlabkisi Samarqandning “Afrosiyob” tarixiy muzeyida o‘tkazilmoqda. Ko‘rgazmada turli arxeologik qazilmalar mobaynida topilgan osori atiqalar namoyish etilgan.

Foto: fb.com/institutfrancaisouzbekistan

Foto: fb.com/institutfrancaisouzbekistan

Shuningdek, ko‘rgazma Buxoro, Termiz va Toshkent shaharlarida ham namoyish etiladi.

O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida arxeologiya sohasidagi hamkorlik 1989-yilda boshlangan. Arxeologiya instituti direktori Amriddin Berdimurodov “O‘zA” axborot agentligiga bergan intervyusida aytishicha, shu yili O‘zbekiston-Fransiya xalqaro ekspeditsiyasi tashkil etilib, Samarqand shahridagi Afrosiyob tepaligida qazishmalar boshlangan. Qazishmalar natijasida Samarqand shahrining yoshini aniqlashga yordam beruvchi qatlam aniqlanib, u yerdan topilgan ashyolar orqali shaharning 2750-yildan ziyod tarixga ega ekani isbotlandi. 2007-yilda Samarqandning 2750-yillik yubileyi YuNESKO ishtirokida keng nishonlandi.