9—15-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi (O‘zRTXB) umumiy tovar aylanmasi 50,4 foizga oshib, 170,9 milliard so‘mni tashkil qildi. Haftalik tovar aylanishi esa joriy yil uchun rekord darajaga yaqinlashdi. Savdo hajmi oshishi birjaning barcha platformalarida kuzatildi. Bu haqda O‘zRTXB Maxsus axborot portali xabar bermoqda.

uzex

Foto © UzReport

Jumladan, birja savdosi orqali amalga oshiriladigan mahsulot guruhlari savdosi hajmi 1,5 barobar oshib, 92 milliarddan 142,7 milliard so‘mga ko‘tarildi.

Ko‘rgazma-yarmarka savdolari tovar aylanmasi esa o‘tgan hafta ichida 45 foizga — 13,3 milliarddan 19,2 milliard so‘mga oshdi. Kichik biznes subyektlari mahsulotlari sotuvi ham 17 foizga ko‘payib, 6,1 milliard so‘mni tashkil etdi.

Shuningdek, davlat xaridlari tizimida ham ijobiy o‘zgarish kuzatildi. Davlat xaridlari bo‘yicha savdo hajmi avvalgi haftada 8,5 milliard so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, o‘tgan hafta 9,1 milliard so‘mga yetdi.