Ana, xolos, gulladi gilos... Oltin kuz fasli kelib, daraxt yaproqlari oltin tusga kirayotgan bir mahal, ushbu gilos daraxti kurtak ochib, gullamoqda.

SDC18745

Kuzda gullagan gilos. Foto: Zarif G‘ofurov

Poytaxtimizning Yunusobod tumani, 18-mavze, 19-xonadon hovlisida o‘sgan gilos barchani hayratga solmoqda. Eng ajablanarlisi, daraxtning yarmi barglarni to‘kishga shay bo‘lsa, qolgan qismi huddi ko‘klam kelgandek yashil tusga burkangan.  Bu holatni kuzata turib, yurtimizning saxiy quyoshi o‘zining qaynoq tafti ila gilos daraxtinini yilda bir emas ikki marta gullatib yubordi, degan hayol o‘tadi.

SDC18742

Kuzda gullagan gilos. Foto: Zarif G‘ofurov

SDC18748

Kuzda gullagan gilosning ba’zi shoxlari quriy boshlagan. Foto: Zarif G‘ofurov

Suratlar uchun mushtariyimiz Zarif G‘ofurovga minnatdorchilik bildiramiz.