Platina, oltin va olmoslardan yasalgan Lamborghini Aventador superkarining modelchasi Dubayda sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Motor Authority nashri xabar bermoqda.

Manba: motorauthority.com

Manba: motorauthority.com

Superkar modelchasi og‘irligi yarim tonna (!) keladigan oltin bo‘lagidan yasaladi va 700 dona olmos bilan bezatiladi. Unga sarflanadigan xomashyoning umumiy qiymati  2,64 million dollar deb baholanmoqda. Modelning yakuniy og‘irligi 25 kilogrammni tashkil etadi.

Manba: motorauthority.com

Manba: motorauthority.com

Bu qimmatbaho ijod mahsuli nemis muhandisi Robert Glyupenga tegishli. U mashina ustida ishlash jarayonida Ginnesning Rekordlar kitobidan eng xavfsiz konteyner (ko‘rgazma vitrinasi), eng qimmat Lamborghini logotipi va eng qimmat avtomobil modelchasi yo‘nalishlarida joy olish niyatidaligini bildirdi.