“O‘zbekiston temir yo‘llari” DATYK Germaniyaning Lernidee Erlebnisreise GmbH kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi sayyohlik poyezdini tashkillashtirdi. Bu  haqda UzDaily.uz xabar berdi.

Foto: UzDaily.uz

Foto: UzDaily.uz

Avval xabar berganimizdek, 16-sentabr kuni Orient Silk Road Express deb nomlangan yangi poyezd tantanali ravishda ishga tushirildi. Poyezd o‘zining birinchi sayohatini 16-sentabrdan 23-sentabrgacha Toshkent-Qamashi-Kitob-Buxoro-Urganch-Samarqand-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab amalga oshiradi.

Poyezd yo‘lovchilari Norvegiya, Fransiya, Germaniya va AQSh mamlakatlari sayyohlaridir. 70 nafar turistlardan iborat guruh Germaniyada to‘plandi va Frankfurt-Toshkent aviareysi bilan O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Foto: UzDaily.uz

Foto: UzDaily.uz

Sayyohlar hafta davomida poyezdda yurtimizni kezib chiqadi.

Poyezdning o‘ziga to‘xtaladigan bo‘lsak, u 6 ta asosiy va 1 ta zahira vagondan iborat. Ularda lyuks-vagonlar, yuqori qulaylikka ega dush-vagon, restoran-vagon kabi vagonlar bor.

Foto: UzDaily.uz

Foto: UzDaily.uz

Foto: UzDaily.uz

Foto: UzDaily.uz

Foto: UzDaily.uz

Foto: UzDaily.uz

Barcha vagonlar milliy uslubda bo‘lib, devorlar o‘zbek miniatyura san’ati uslubida bezalgan, derazalarga adrasdan pardalar osilgan, oyoq ostiga sharqona naqshlar tushirilgan qizil gilamlar to‘shalgan.

Foto: UzDaily.uz

Foto: UzDaily.uz  

Har bir vagon ehtiyoj uchun zarur qulayliklarga ega.

Foto: UzDaily.uz

Foto: UzDaily.uz

Germaniya kompaniyasi prezidenti Xans Engberding so‘zlariga ko‘ra, shu yilning oktabr oyida Olmaota-O‘zbekiston shaharlari-Ashxobod yo‘nalishi bo‘ylab yana bitta yangi poyezd ishga tushirilishi rejalashtirilgan.