REDTAG Uzbekistan do‘koni modaga qiziquvchilar uchun “Men — stilistman” yangi tanlovini e’lon qildi. Bu haqda do‘konning Facebook’dagi sahifasi xabar bermoqda.

1236403_172467359610072_2070636294_n

Facebook.com/redtaguzbekistan

Tanlovda ishtirok etish uchun REDTAG Uzbekistan’ning Facebook hamda “Odnoklassniki” sahifalarida kategoriyalar bo‘yicha joylashtirilgan alohida albomlar ichidagi kiyim va aksessuar suratlari orasidan ishtirokchilar o‘zining biror uslubdagi kolleksiyalarini to‘plashi lozim. Ularning rasmini 17-sentabrdan 1-oktabrgacha jo‘natish mumkin.

Tanlov hakamlari 5 nafar eng yaxshi kolleksiyani tanlaydi va ular final bosqichiga yo‘l oladi.

Ular REDTAG do‘konining o‘zida yangi liboslar to‘plamini tanlaydi va ularni kiyib, suratga tushadi. Mazkur komplekt har bir ishtirokchiga sovg‘a sifatida taqdim etiladi. So‘ng Facebook, “Odnoklassniki”, Twitter’da so‘rovnoma o‘tkaziladi. Barcha ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p “layk” yig‘gan finalist “Men — stilistman” tanlovining g‘olibi deb topiladi. G‘olibga 400 000 so‘mlik sertifikat topshiriladi.

Tanlovda yurtimizning Dildora Qosimova, Taisiya Chursina, Darya Masalskaya, Nodira Arapova va Pahlavon Turdiyev kabi taniqli dizaynerlari hakamlik qiladi, deb yozadi “Uzdaily” nashri.