Shu yilning 16—17-oktabr kunlari poytaxtimizda IX Xalqaro O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik yarmarkasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi O‘zA.

1c

Sergeli tumanida joylashgan “Toshkent-Tola” terminalida ushbu yarmarkaga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Omborlar ta’mirlanib, paxta xomashyosini namoyish qilish va sotish uchun qulay sharoit yaratilmoqda.

Hozir yurtimizda yetishtirilgan tolani xaridorlarga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishga ixtisoslashgan 22 ta mintaqaviy paxta terminali faoliyat yuritmoqda. Ular 410 ming tonnadan ziyod paxtani qabul qilish va saqlash imkoniga ega. “Toshkent-Tola” terminali ularning eng yirigidir.

5

Yuzga yaqin ishchi mehnat qilayotgan “Toshkent-Tola” terminalining ISO-9001 sifat sertifikatiga ega bo‘lgani korxonaning tashqi va ichki bozordagi mavqeini yanada oshirmoqda. Bu yerda kuniga ming tonnagacha tolani qabul qilish va ming tonnadan ortiq tolani eksport qilish imkoni mavjud. Korxonada 45 ming tonnadan ko‘proq tolani saqlash imkoniyatiga ega 7 ta ombor mavjud.

Mazkur terminal Toshkent viloyatining to‘qqizta paxta tozalash zavodi hamda Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatida tayyorlangan tolani “O‘zsanoatmashimpeks”, “O‘zmarkazimpeks”, “O‘zinterimpeks” davlat aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq ichki iste’molchilar hamda xorijlik xaridorlarga yetkazib bermoqda.

Foto © O‘zA