Gazeta.uz nashri “O‘zbekenergo” kompaniyasi xabariga asoslanib, 1-oktabrdan elektr energiyasi to‘lovi 7 foizga oshadi, deb yozadi.

3cyzWE13749948672692_b

Kompaniya saytida ma’lum qilinishicha, aholiga beriladigan 1 kVt/s elektr energiyasi haqi 112,2 so‘mdan 120 so‘mgacha, elektr plitasi bilan ta’minlangan xonadonlar uchun 56,1 so‘mdan 60 so‘mgacha etib tayinlangan.

Shuningdek, tabiiy gaz haqi ham Moliya vazirligi tasdig‘iga ko‘ra, 1-oktabrdan 8,5 foizga oshadi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi saytida xabar berilgan.

Kelayotgan oydan boshlab, 1 kubometr tabiiy gaz hisoblagich bo‘yicha 151,74 so‘mga (hozirgi narxi 139,8 so‘m), ya’ni 8,5 foizga ko‘tariladi.

Hisoblagich bo‘lmagan taqdirda 10 kubometr gaz haqi 2624,15 so‘mni (hozirgi narxi 2418,55 so‘m) tashkil etadi.

Issiqlik uchun foydalaniladigan gazning 10 kubometri esa 1121,6 so‘mdan 1216,95 so‘mga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, 1-oktabrdan, shuningdek, sovuq suv va issiq suv tariflari ham oshadi.