Har bir sayyoh o‘zi yo‘l olgan mamlakatga borishdan avval internet orqali u diyorning o‘ziga xosliklari to‘g‘risida qiziqib ko‘radi. Shundan kelib chiqib, “UZ” Milliy hududida Xorazm bo‘ylab “onlayn sayohat” uchun yangi veb-sayt yaratildi. Bu haqda O‘zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi xabar berdi.

visitkhorezm.uz saytidan skrinshot

visitkhorezm.uz saytidan skrinshot

Multimedia texnologiyalaridan foydalangan holda yaratilgan sayt orqali foydalanuvchilar viloyatning buguni va o‘tmishi, qadimiy obidalari hamda an’analari to‘g‘risida ma’lumotlar olishi mumkin. Shuningdek, saytdan viloyatda joylashgan 30 dan ortiq tarixiy obidalarning rang-barang suratlari, 3D shaklidagi panoramalari, muzey, restoran hamda mehmonxonalar to‘g‘risida ma’lumotlar, xarita va yo‘nalishlari, sayohatni tashkil qilish to‘g‘risida ma’lumot va foydali manbalarning elektron manzillari o‘rin olgan. Bir so‘z bilan aytganda, sayt Xorazm bo‘ylab “on-layn sayohat” uyushtirish uchun qulay imkoniyatdir.

Quyida e’tiboringizga Vizitkhorezm.uz’dan o‘rin olgan suratlarni havola etamiz.

Foto: visitkhorezm.uz

Foto: visitkhorezm.uz

Foto: visitkhorezm.uz

Foto: visitkhorezm.uz

Foto: visitkhorezm.uz

Foto: visitkhorezm.uz

Foto: visitkhorezm.uz

Foto: visitkhorezm.uz

Foto: visitkhorezm.uz

Foto: visitkhorezm.uz

Foto: visitkhorezm.uz

Foto: visitkhorezm.uz

Foto: visitkhorezm.uz

Foto: visitkhorezm.uz

Foto: visitkhorezm.uz

Foto: visitkhorezm.uz

Foto: visitkhorezm.uz

Foto: visitkhorezm.uz