Ukrainaning “Delo” nashri xabariga ko‘ra, Yaponiyaning Honda avtokorxonasi o‘zining AQShda ishlab chiqarilgan 405 mingta avtomobilini xavfsizlik yostiqlari yaroqsiz bo‘lgani uchun qaytarib olganligini e’lon qildi.

Foto: autonews.com

Foto: autonews.com

Qaytarib olingan avtomobillar orasida Acura va MDX hamda Odyssey modellari bor. Xavfsizlik yostiqlari avtomobil harakatlanishi mobaynida ishlab ketishi mumkinligi ehtimoli bor. Qaytarib olish haqidagi xabar Yaponiyadan tashqari, AQSh, Kanada, Avstraliya mamlakatlarida ham e’lon qilingan.

Iyun oyida Honda avtokorxonasi ichki bozorda ham 450 ming avtomobilni turli kamchiliklari sabab qaytarib olgan edi.

Ma’lumot uchun:

Honda Motor kompaniyasiga 1946-yilda asos solingan. 1960-yilga qadar kompaniya motosikl yig‘ish bilan shug‘ullangan, 1970-yilda jahon bozoriga chiqa boshlagan. Kompaniyaning bosh ofisi Tokioda joylashgan. Ayni paytda Honda 33 mamlakatda 100 dan ortiq zavodlariga ega.