Avvalgi xabarimizda, 18-sentabr kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida 30 yoshli qiz ish vaqti tugagandan so‘ng “Matiz” rusumidagi avtomobilga o‘tirgani va shu bo‘yi uyiga qaytib kelmagani haqida aytib o‘tgandik.

Foto: autoblog.gr

Foto: autoblog.gr

Bir kun o‘tgach, huquqni muhofaza qilish organlarining tezkor harakatlari natijasida qiz topildi va uyiga sog‘-salomat qaytib keldi. Guvohlarning aytishicha, qiz o‘zini yaxshi his etib, ish faoliyatini davom ettirmoqda. Bu haqda uz24.uz xabar beradi.

Bo‘lib o‘tgan hodisa haqida boshqa ma’lumotlar hozircha yo‘q. Qizning yaqinlari mazkur voqeaga izoh berishni istamadi.