23-sentabrga o‘tar kechasi “Qatortol” ulgurji savdo bozorida yana yong‘in sodir bo‘ldi. Majmuaning chap tomonidagi tovuq go‘shti mahsulotlari sotiladigan qismi olov ichida qoldi. Bu haqda “Darakchi” nashri xabar berdi.

Foto: darakchi.uz

Foto: darakchi.uz

Chilonzor tumanida joylashgan mazkur savdo majmuasining 60 kvadrat metr maydoni yong‘indan zarar ko‘rgan. Yong‘inning kelib chiqish sabablari hali aniqlanmadi.

“Qatortol” savdo bozorida joriy yilning 30-avgust kuni ham katta yong‘in sodir bo‘lgani haqida avval xabar bergan edik. O‘sha kungi yong‘in oqibatida savdo kompleksining birinchi va ikkinchi qavatida joylashgan oziq-ovqat va kiyim kechak savdo do‘konlarining 20 foizi zarar ko‘rgan edi.